Qurolli Kuchlari akademiyasida "Chaqiriluvchilar kuni" tashkil etildi
2025-01-09 17:10:00 / Yangiliklar
Bugun Qurolli Kuchlar akademiyasida mamlakatimiz yoshlarini yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash zarurligini chuqur singdirish maqsadida "Chaqiriluvchilar kuni" loyihasi doirasida turli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar harbiy orkestr sadosi ostida kutib olindi, ular uchun faxriy qorovul va harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi. Shundan so‘ng, yoshlar uchun jangovar qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va o‘quv sinfxonalari hamda trenajyorlar mashg‘ulotlari xonasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Shuningdek, o‘quvchi yoshlar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etishdi.
Yakunda faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar deparatmenti








