Farg‘ona viloyati bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
2025-01-08 15:15:00 / Yangiliklar

Xususan, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismdan yo‘lga chiqqan vatanparvarlik karvoni Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumaniga tashrif buyurdi.
“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostidagi tadbir harbiy orkestrning jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari va faxriy qorovulning ko’rgazmali chiqishlari bilan boshlandi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ishtirokchilar zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbirning eng esda qolarli qismi esa katta o‘lchamdagi davlat bayrog‘ining bosh uzra baland ko‘tarib yurilishi bo‘ldi. Bu holat yoshlar qalbida faxr tuyg‘ularini uyg‘otib, ularda milliy qadriyatlarga nisbatan mehr va hurmatni yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati




