Paralimpiya o‘yinlari qahramonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-01-07 12:20:00 / Yangiliklar

Unda XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, Ichki ishlar vazirligi Qo‘shinlarni tayyorlash kafedrasi o‘qituvchilari, faxriylar, takshilot rahbarlari hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida zamonamiz qahramoniga aylangan sportchilar ham o‘zining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, o‘qish va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zining azmu shijoati va mahorati, mustahkam iroda va jasoratini namoyon etib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgan terma jamoamiz a’zolarining ko‘rsatgan matonati barcha yurtoshlarimizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlagani e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida mehmon sportchilarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






