Samarqandda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
2025-01-07 11:40:00 / Yangiliklar

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan uchrashuv Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratildi.
Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, okrug qoʻmondonligi, kengashning hududiy boʻlinmalarining aʼzolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Jamoatchilik kengashi oldiga qoʻyilgan vazifalar, uning asosiy faoliyati, harbiy qism va muassasalarda maʼnaviyat va maʼrifat ishlari yoʻnalishida davlatimiz rahbarining koʻrsatmalari bilan salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, vatan madhi ijodkorlar, shoirlar she’rlarida jarang sochdi. Bugungi taraqqiyotimizga tayanch bo‘lgan holda, tinchligimizni asrab avaylashda har bir insonning, ayniqsa yoshlarning burchi va mas’uliyati eslatib o‘tildi.
Yakunda mehmonlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






