Vatanparvarlik oyligi: Yoshlar uchun ilhom manbai
2025-01-06 14:30:00 / Yangiliklar

Xususan, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Navoiy garnizonlarida “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat” kabi mavzularda uchrashuvlar hamda vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sodiq farzandlarni kamolga yetkazish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida va milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash va ularda mafkuraviy immunitetni oshirishga qaratilgan vatanparvarlik festivallarida zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahlar namoyishi, harbiy orkestr ijrosidagi jangovar musiqalar va yurtimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar ertamiz egalariga chin ma’noda ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





