Nukus garnizonida Qoraqalpog‘istonlik “Yosh matematiklar” bellashdi
2025-01-03 18:50:00 / Yangiliklar
Unda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan, 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan jami 500 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur olimpiada bolalarda raqobatbardoshlik va g‘alaba uchun kurash ruhini shakllantirish bilan bir qatorda, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda matematik masalalarni turli usullar yordamida yechishga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan bahslar yakunida g‘oliblar aniqlandi.
Olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida harbiy okrug vakillari, markaz a’zolari, bolalar va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdi. Taqdirlash marosimida yuksak natijalar ko‘rsatgan bolajonlar diplom, faxriy yorliqlar, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Yakunda o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari uchun harbiy okrug tarixiy muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati