Maʼnaviyat va madaniyat departamentida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi
2024-12-24 16:50:00 / Yangiliklar

Bayramona uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va marifat markazi, Olmazor tuman hokimligi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi faollari, keng jamoatchilik vakillari hamda oʻquvchilar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida mehmonlar yangidan foydalanishga topshirilgan bino bilan tanishtirilar ekan, qisqa vaqt ichida barcha shart-sharoitga ega zamonaviy majmuaning ishga tushirilishi Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy ishlar yoʻnalishiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning amaliy namunasi ekanini alohida taʼkidladi.
Armiyaning jangovar salohiyatini oshirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirning badiiy qismida Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Markaziy harbiy orkestrning ona-Vatanga sadoqat, burch va fidoyilik tuygʻularini ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlari bilan yanada fayz oldi.
Shundan soʻng, “Turon” harbiy teatri ijodkorlari tomonidan ertamiz egalarining maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga undovchi “Oʻzbeklar kelayotir” spektakli tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.
Shuningdek, “Jadidlar – millatimiz fidoyilari” sahna koʻrinishi maʼrifatparvar bobolarimizning ibratli hayoti, boy maʼnaviy-ilmiy merosini yosh avlod qalbiga singdirishda oʻziga xos oʻrin tutdi.
Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar Qurolli Kuchlarimizning yuksalishiga, milliy armiyamizning shon-sharafini oshishiga xizmat qilmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament









