Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!
2024-12-24 09:25:00 / Yangiliklar

Festival yurt himoyachilari va yoshlardan iborat harbiy vatanparvarlik karvonining Termiz shahar ko‘chalari bo‘ylab marsh yurishi bilan boshlandi. Harbiy orkestrning jarangdor kuy-sadolari va Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari yurtdoshlarimizning qalbida Ona Vatanga sadoqat kabi tuyg‘ularini yana bir bor uyg‘otdi.
Hamyurtlarimizning kechki dam olish vaqtlarini maroqli o‘tishini maqsad qilgan harbiy xizmatchilarning navbatdagi manzili oilaviy ko‘ngilochar maskan bo‘ldi.
Unda faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Shuningdek, milliy armiyamizda yaratilgan shart-sharoitlar, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Bunday vatanparvarlik festivallari mamlakatimizning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.
III darajali serjant Akbar Ahmedov, Termiz garnizoni.





