Markazning tashkil topgan kuni nishonlandi
2024-12-23 20:25:00 / Yangiliklar

Soʻzga chiqqanlar tomonidan ushbu markazning o‘tkan davr mobaynida erishgan yutuqlarini e’tirof etib, har qanday muvaffaqiyat oʻrganilgan va oʻzlashtirilgan bilimlar ortidan qoʻlga kiritilishini, shu boisdan ham hamisha kishi tanlagan sohasida izlanishdan tolmasligi shart ekanligini taʼkidlandi.
Taʼkidlash kerakki, zamonaviy oʻquv va moddiy-texnik bazaga ega ushbu markazda bir vaqtning oʻzida 300 nafar tinglovchiga 8 ta xorijiy tillarni va boshqa fanlarni oʻrganish imkoniyati mavjud.
Oʻqituvchi va tinglovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan markazda 34 ta oʻquv sinfi, 8 ta laboratoriya xona va 3 ta axborot-resurs markazlari joylashgan boʻlib, bu yerda taʼlim olayotgan harbiy xizmatchilar qisqa vaqt ichida chet tillarini chuqur oʻrganib, oʻz sohasining ilgʻorlariga aylanmoqda.
Tadbirda bir guruh professor-oʻqituvchilar sana munosabati bilan munosib taqdirlandi. Yangragan kuy-qoʻshiqlar esa qalblarda shukrona hissini yanada joʻsh urdirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





