Urganchda “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2024-12-23 18:25:00 / Yangiliklar

Unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi, “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini qatnashchilari hamda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida boʻlib oʻtgan uchrashuvda qo‘mondon mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor hamda ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berib, yigit-qizlarning taklif va muammolari tingladi, ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.
Umuman olganda sermazmun oʻtgan uchrashuv faol va tashabbuskor yoshlarning harbiylikka, Vatanni himoya qilishga boʻlgan xohishini ifodalab, ilm olishga, hayotda oʻz oʻrnini topa olishiga chanqoqligini koʻrsatib berdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






