Yurt uchun jonini fido qilganlar xotirasi abadiy!
2024-12-23 17:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, Namangan tumanining “Tepa-Qiyot” mahallasida tug‘ilgan katta leytenant Kamoliddin Toshpo‘latov vatanning mard va jasur o‘g‘lonlaridan biri edi. Bolaligidan harbiy bo‘lishni niyat qilib, ushbu kasbni o‘zining hayot tarziga aylantirgan Kamoliddin 2000-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida terrorchi guruhlar bilan bo‘lgan jangda mardlarcha halok bo‘ldi. Bugun uning nomi chuqur hurmat bilan tilga olinadi.
Marhum harbiy xizmatchining xonadonida bo‘lgan mehmonlar fidoiy o‘g‘lonning oila a’zolari holidan xabar olib, okrug qo‘mondonligining sovg‘alarini topshirishdi va safdoshlarining xizmati davomida erishgan yutuqlarini xotirlashdi.
Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar Kamoliddin Toshpo‘latovning ta’lim olgan 24-sonli umumta’lim maktabiga o‘rnatilgan yodgorlikka gullar qo‘yilib, xotirasiga hurmat ko‘rsatishdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati



