Navoiydagi Prezident maktabida vatanparvarlik sinfi foydalanishga topshirildi
2024-12-23 17:35:00 / Yangiliklar

Xususan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan maktabda harbiy qism tomonidan jihozlangan va zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan “Vatanparvarlik” sinfi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Qulay, shinam va zamon talablariga javob beradigan sinfxonaning tantanali ochilish marosimida harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda maktab ma’muriyati ishtirok etib, yoshlarning yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalanib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladilar.
Tadbir davomida harbiy qism va Prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarni ona Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirilishi kiritildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




