Surxondaryoda "Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shior ostida keng qamrovli vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
2024-12-14 14:45:00 / Yangiliklar
Termiz shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shior ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Tadbirda viloyati hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi ofitserlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar va yoshlar ishtirok etishdi.
Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestrning musiqiy sadolari ostida boshlangan festival shahar ahli va yoshlarini “Vatanparvar” bog‘iga jamladi.
Tadbir davomida tashkil etilgan harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish qilingan qo‘l janggi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
III darajali serjant Akbar Ahmedov,
Termiz garnizoni.







