Qurolli Kuchlar akademiyasida mard o‘glonlarning yorqin xotirasiga bag‘ishlab bog‘ yaratildi
2024-12-14 10:55:00 / Yangiliklar

Kuni kecha ana shunday o‘g‘lonlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi hududida Vatan uchun jonini fido etgan kapitan Bahrom Joʻrayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab bog‘ yaratildi.
Unda mudofaa vaziri maslahatchisi, akademiya shaxsiy tarkibi, davlat va jamoat tashkilotlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar Bahrom Joʻrayevning hayot yoʻli, faoliyati, vatan oldidagi muqaddas burchini sadoqat bilan ado etganini taʼkidlab, akademiyada tahsil olgan damlarini va erishgan yutuqlarini e’tirof etishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar akademiya hududida yaratilgan “Mard o‘glonlar nomi barhayot” shiori ostida barpo etilgan bog‘ga daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Ma’lumot uchun, kapitan Bahrom Joʻrayev 1979-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996–2000-yillarda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik blim yurtida tahsil olgan. 2005-yil yurtimiz tinchligiga rahna solgan kuchlarga qarshi kurashda mardonavor jang olib borib, mardlarcha halok bo‘lgan. Ko‘rsatgan jasorati va matonati tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq II-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







