Mudofaa vazirligi “Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
2024-12-13 18:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng na’munali tuman, shahar, vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida ko‘rik tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun, Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng na‘munali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida respublikamizda faoliyat yuritayotgan vazirlik va idora xodimlari ishtirok etishdi. Quvonarli jihati mazkur tanlovda Mudofaa vazirligi “Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






