Mudofaa vazirligi jamoasi “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinida kuchli uchlikdan o‘rin egalladi
2024-12-05 09:30:00 / Yangiliklar

Intellektual oʻyinda 30 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻz jamoalari bilan ishtirok etdi.
Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada kuchaytirish, ular oʻrtasida raqobat muhitini yaratish orqali ularning oʻz ustida doimiy ishlashi va yangilikka boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilindi.
Yakuniy oʻyin natijalariga koʻra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-oʻrin — Raqamli texnologiyalar vazirligi;
- 2-oʻrin — Mudofaa vazirligi;
- 3-oʻrinni — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Gʻolib jamoalarning har bir ishtirokchilariga qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar topshirildi.
Bunday huquqiy intellektual oʻyinlar nafaqat davlat xizmatchilarining huquqiy bilim va dunyoqarashini oshiradi, balki ular oʻrtasidagi jipslik, birdamlik va doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.





