Giyohvandlik — asr vabosi!
2024-11-30 11:20:00 / Yangiliklar

Ana shunday tadbirlardan biri “Biz giyohvand moddalar va OITS tarqalishiga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislari, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Nukus harbiy prokuraturasi, Nukus harbiy gospitali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali vakillari ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning bu yo‘lga kirib qolishining oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashish har bir ongli fuqaroning mas’uliyatli burchi ekanligi uqtirildi.
Darhaqiqat, giyohvandlikka chalingan kimsa OITS kasalligini ham yuqtirib oladi. Bu dardga yo‘liqqan kimsa borki, kelgusi avlodlarning mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishiga sababchi bo‘ladi. Giyohvandlik bir oilaning parokandaligi demakdir.
Tadbir so‘nggida mavzuga doir hujjatli filmlar namoyish etildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati




