Olimpiada bilimlilarni kashf etdi
2024-11-22 13:15:00 / Yangiliklar

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti bazasida bo‘lib o‘tgan tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti, Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlari jamoalari ishtirok etdi.
Olimpiadani sifatli tashkillashtirish va shafofligini to‘liq ta’minlash, ishtirokchilarni baholash uchun xay’at a’zolari tarkibiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 7 nafar professor-o‘qituvchilari jalb etildi.
Tanlov yakunida xay’at a’zolari tomonidan Ingliz tili fan olimpiadasining kuchlilari aniqlandi va o‘rinlar quyidagicha e’lon qilindi.
I o‘rin - O‘R Harbiy aviatsiya instituti jamoasi;
II o‘rin - Chirchiq OTQMBY jamoasi;
III o‘rin – MV Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiylar departamenti






