“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy va ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi
2024-11-18 20:00:00 / Yangiliklar

“Yong‘in xavfsizligi talablari, favqulodda yong‘in sodir bo‘lganda, boshlang‘ich yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish” mavzusida tashkil etilgan ko‘rgazmali mashg‘ulotda mutaxassislar tomonidan zarur tushunchalar berilib, texnogen vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralari namoyish etildi.
Tadbir davomida harbiy qismlardagi binolar va harbiy shaharchalarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi, yashash xonadonlarida mavjud bo‘lgan gaz va elektr moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish kabi zaruriy tushunchalar berib o‘tildi.
Mashg‘ulot yakunida yoqilg‘i moylash mahsulotlarini saqlash omborida shartli yong‘in komandasi berilib, birlamchi yong‘inni o‘chirishdagi harakatlanish tartibi amalda ko‘rsatib berildi.



