Shifokorlar har davrning qahramoni
2024-11-11 14:20:00 / Yangiliklar

Mudofa vazirligi tizimida noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Harbiy tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qrashli qo‘mondonlik madaniyat markazida “Shifokorlar har davrning qahramoni!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy harbiy klinik gospitali harbiy shifokorlari va bir guruh tibbiyot xodimlari taklif qilindi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar inson salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan matonat egalarini e’tirof etishdi.
E’tiborlisi shundaki, o‘tgan davr mobaynida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qo‘mondonlik ishchi guruhi harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish uchun respublikamizning olis va yaqin hududlarida bo‘ldi. Tibbiy ko‘riklar natijasiga ko‘ra respublikamizning nufuzli tibbiyot maskanlarida tekin davolanishlari uchun orderlar olindi, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, zarur bo‘lgan tibbiyot vositalari tarqatildi.
Tadbir davomida qo‘shinlar qo‘mondonining buyrug‘i bilan bir guruh soha mutaxassislari va hamkor tashkilot vakillari qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Harbiy orkestr jamosi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa bayramga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar deparatamenti





