Şukronalik, ehtirom va muloqot
2026-11-19 17:10:00 / Yangiliklar

Mudofaa vazirligi işçi guruhi vakillari, Toifalangan obyektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi hamda Çirçiq harbiy prokuraturasi hamkorligida ötkazilgan tadbirda harbiy xizmatçilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuçlar faxriylari va harbiy qismga biriktirilgan umumta’lim maktabi öquvçilari iştirok etdi.
Tadbirda tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, bugungi farovon hayot uçun şukronalik tuyğusini mustahkamlaş, ajdodlarimizning jasorat va mardlik an’analarini munosib davom ettiriş kabi ezgu qadriyatlar haqida fikr yuritildi.
Şuningdek, sayyor qabul davomida harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolarining murojaatlari tinglanib, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi. Murojaatlarni örganiş, mavjud muammolarni qonunçilik doirasida hal etiş hamda oçiq muloqotni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda faxriylarning iştiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Ularning boy hayotiy va xizmat tajribasi yoş harbiy xizmatçilarda kasbga hurmat, fidoyilik va mas’uliyat tuyğularini yuksaltirişga xizmat qildi. Öquvçi-yoşlarning iştiroki esa ularda Vatanga muhabbat, milliy armiyaga hurmat va vatanparvarlik ruhini mustahkamlaşga turtki berdi.
Toifalangan obyektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi









