Chirchiqda “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-10-21 11:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Chirchiq shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, oʻquvchi yoshlar, “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari hamda otaliqqa olingan 500 nafardan ziyod yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida hamda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar batafsil maʼlumotlar berdi.
Tadbir davomida, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga taqdim etilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, oliy harbiy bilim yurtlari hamda ularga kirish tartibi boʻyicha yoshlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir soʻnggida faol ishtirok etgan yoshlar qimmatbaho va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shundan soʻng, yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari boʻlib oʻtdi. Undagi harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalarining chiqishi hamda qoʻl jangi koʻrinishlari yigʻilganlarga unutilmas onlarni hadya etdi.
Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati




