Korrupsiya — jamiyat kuşandasi
2026-11-14 14:40:00 / Yangiliklar

Tadbir harbiy xizmatçilarning huquqiy savodxonligini oşiriş, xizmat faoliyatida korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş hamda qonun talablariga rioya etiş böyiça mas’uliyatini kuçaytirişga qaratildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, adolat tamoyillariga va fuqarolarning davlat idoralariga bölgan işonçiga salbiy ta’siri haqida söz yuritildi. Harbiy jamoada esa xizmat vakolatidan şaxsiy manfaat yölida foydalaniş xizmat intizomiga va quroldoşlar örtasidagi özaro işonçga putur yetkazişi ta’kidlandi.
Şuningdek, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xizmatga oid qaror qabul qilişda qarindoşlik, taniş-bilişlik yoki şaxsiy manfaat xolislikka ta’sir körsatişi mumkin bölgan vaziyatlarni öz vaqtida aniqlaş va bu haqda belgilangan tartibda xabar berişning ahamiyati tuşuntirildi.
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olişda har bir harbiy xizmatçining kundalik xatti-harakati muhim örin tutadi. Xizmat vakolatidan qonun doirasida foydalaniş, qaror qabul qilişda xolislikni saqlaş va qonunbuzarlik alomatlari haqida öz vaqtida xabar beriş harbiy jamoada halollik muhitini mustahkamlaydi.




