“Amir temur jangovar bayrog‘i uchun” sport musobaqalari boshlandi
2026-11-10 16:40:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqada Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okruglar hamda qo‘mondonlik qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etib, jangovar bayroq sharafi va g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi.
Musobaqaning dastlabki kunida tosh ko‘tarish bahslari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar kuch-quvvat, jismoniy bardosh va matonat borasidagi imkoniyatlarini namoyon etib, o‘zaro raqobatlashdi. Har bir chiqishda harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Ertaga esa musobaqa ishtirokchilari milliy kurash gilamida bellashib, epchillik, chaqqonlik va kurash mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqa davom etmoqda.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





