Millat fidoyilari xotirasi – mangu e’zozda
2026-11-06 11:40:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida davlat chegaralarida Vatan sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, yurt tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish yo‘lida, xizmat burchini ado etish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchining xonadoniga borildi.
Uchrashuvda harbiy xizmatchilar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari marhumning oila a’zolari bilan samimiy muloqot olib borib, ularning holidan xabar oldilar. Suhbat jarayonida qahramon yurtdoshimizning Vatanga sadoqati, harbiy burchiga mas’uliyati, mardligi va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, uning yorqin xotirasi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati hech qachon unutilmasligi, bunday fidoyi insonlarning hayot yo‘li yosh avlod uchun chinakam vatanparvarlik va sadoqat namunasi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Darhaqiqat, Vatan uchun jon fido etgan insonlarning xotirasi hamisha xalq qalbida yashaydi. Ularning jasorati va matonati kelajak avlodlar uchun mangu ibrat maktabidir.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







