Jahon chempionatida tarixiy natija
2026-11-06 09:45:00 / Yangiliklar

91 davlatdan 1100 ga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada merganlarimiz yuksak mahorat, matonat va jamoaviy hamjihatlik namoyon etib, jami 1738 ochko to‘pladi hamda dunyoning eng kuchli terma jamoalari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Bronza medali sohiblari:
• Kichik serjant Vladimir Svechnikov;
• Kichik serjant Sodiqjon Abdullayev;
• Qurolli Kuchlar xizmatchisi Muhammad Kamalov.
Jamoaviy bahslar g‘oliblari va sovrindorlari:
• 🥇 Xitoy
• 🥈 Janubiy Koreya
• 🥉 O‘zbekiston
Bu natijaning alohida ahamiyati shundaki, Dohada qo‘lga kiritilgan bronza medali O‘zbekiston terma jamoasining o‘q otish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlaridagi ilk medalidir. Mazkur yutuq yurtimiz o‘q otish sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ulkan muvofaqqiyatlarga erishishini tilab qoladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




