“Battle Drill”: yagona standart, puxta tayyorgarlik va uyg‘un harakatlar
2026-11-04 12:05:00 / Yangiliklar

Unda Toshkent harbiy okrugi boshqaruv apparatining katta ofitserlari, harbiy qismlar va muassasalar rahbarlari, shuningdek, komandirlik lavozimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ular uchun mashg‘ulot “Battle Drill” tizimining amaliy imkoniyatlarini bevosita kuzatish, uning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash va qo‘shinlar faoliyatiga tatbiq etish masalalarini baholash imkonini berdi.
Mashg‘ulot davomida jangovar guruh shaxsiy tarkibi o‘zining jismoniy chidamliligi, kasbiy mahorati va amaliy tayyorgarligini namoyon etdi. Xususan, jismoniy, o‘q otish, muhandislik, tibbiy va taktik tayyorgarlik yo‘nalishlari qamrab olinib, harbiy xizmatchilarning individual ko‘nikmalari hamda jamoaviy harakatlardagi uyg‘unligi ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.
Jarayonlarda proaktiv yondashuv, tashabbuskorlik va mas’uliyat muhim jihatlar sifatida namoyon bo‘ldi. Bu esa harbiy xizmatchining nafaqat o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishi, balki umumiy maqsad yo‘lida jamoa bilan hamjihatlikda harakatlana olishi qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






