Harbiy intizom va jangovar tayyorgarlik masalalari tanqidiy tahlil qilindi
2026-11-03 14:05:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda hisobot davrida mazkur yo‘nalishlarda bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida harbiy intizomni mustahkamlash, shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylik va tartib-intizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda jinoyatchilik va turli noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy holatini muntazam o‘rganish hamda komandir va boshliqlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilik va jarohatlanish holatlarining oldini olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









