Jizzaxda “Vatan tayanchi” a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi
2024-10-11 10:30:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, harbiy prokuratura, Mudofaa vazirligi Faxriylar kengashi vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olayotgan 315 nafar “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi a’zolariga ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar otryad a'zolariga kelgusida o‘z tengdoshlari orasida haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi bo‘lishi zarurligi hamda el-yurt manfaati yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish har bir yosh avlodning Vatan oldidagi burchi ekanligini ta'kidlab o‘tdilar.
Tadbir yakunida tashkil etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.




