“Jasorat” sinfi o‘quvchilari harbiy xizmat jarayonlari bilan tanishdi
2026-10-30 19:45:00 / Yangiliklar

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy kasbning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Dastur doirasida o‘quvchilar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, xizmat sharoitlari va harbiy qismda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, qurol-aslaha namunalari va zamonaviy harbiy texnika, qism kutubxonasi, muzeyi hamda sport inshootlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va fidoyilik fazilatlarini shakllantirish hamda ularning kelajakda Vatan himoyachisi bo‘lishga intilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni.






