Urganchda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
2026-10-30 17:45:00 / Yangiliklar

Tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida faxriylar boy hayotiy va xizmat tajribalari, Vatan himoyasi yo‘lida bosib o‘tgan sharafli yo‘llari haqida so‘zlab berdi. Ular yosh harbiy xizmatchilarni harbiy qasamyodga sodiq qolish, yuksak intizom, jasorat va fidoyilik bilan xizmat qilishga chaqirdi.
O‘z navbatida, bugungi avlod vakillari mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda zamonaviy armiyaning salohiyati haqida fikr bildirdi.





