Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usi mustahkamlandi
2026-10-30 17:35:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlar bilan Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi nomlari bilan atalgan tematik sinflarda davra suhbatlari o‘tkazildi. Unda buyuk sarkardalarning hayot yo‘li, harbiy mahorati, jasorati va Vatan ozodligi yo‘lidagi fidoyiligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar uchun Markaziy harbiy okrug muzeyiga sayohat uyushtirildi. Ularga harbiy tariximiz, milliy armiyamizning shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyishi tashkil etilib, yoshlar ularning imkoniyatlari hamda qo‘llanilish xususiyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy armiyaga hurmat va harbiy xizmatga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda harbiy kasbga nisbatan katta qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi





