“Kim edigu, kim bo‘ldik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi
2026-10-30 15:35:00 / Yangiliklar
Chirchiq garnizonidagi harbiy qismda Chirchiq harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida “Kim edigu, kim bo‘ldik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini tushuntirish hamda yoshlarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga undashga bag‘ishlandi.
Shuningdek, uchrashuvda shukronalik, Vatanga daxldorlik va harbiy qasamyodga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish zarurligi ta’kidlandi. “Kim edigu, kim bo‘ldik!” g‘oyasi asosida mamlakatimiz erishgan yutuqlarni qadrlash va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi ekani qayd etildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







