Harbiy qism yettiligi oldidagi ustuvor vazifalar belgilandi
2026-10-28 17:40:00 / Yangiliklar

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Toshkent, Guliston va Chirchiq harbiy prokuraturalari vakillari, okrug boshqaruv apparati hamda okrug tasarrufidagi harbiy qismlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida harbiy qism yettiligi tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xonadonma-xonadon ishlash tizimi samaradorligini oshirish, harbiy qismlardagi ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar davomida faoliyatda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi. Yakunda harbiy qism yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash hamda harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash borasida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.







