“Jasorat maktabi” o‘quvchilari harbiy qism faoliyati bilan tanishdi
2026-10-28 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlar milliy armiyamizning shakllanish tarixi, Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimizning jasorati hamda bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Harbiy qism bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya davomida o‘quvchilarga yotoqxona, ovqatlanish majmuasi, kutubxona va o‘quv sinflaridagi imkoniyatlar, shuningdek, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbatlarida harbiy ta’limning afzalliklari, sohada yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda harbiy kasbning mas’uliyati va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan tanishib, mutaxassislardan ularning texnik-taktik xususiyatlari hamda qo‘llanilish maqsadlari yuzasidan tushuntirishlar oldi.





