Intizom va xavfsizlik — diqqat markazida
2026-10-28 09:25:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda huquqbuzarliklar va jarohatlanish holatlarining kelib chiqish sabablari, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi. Harbiy intizomni mustahkamlash, xavfsizlik talablariga rioya etish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy holatini muntazam o‘rganish hamda komandir va boshliqlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilik va jarohatlanish holatlarining oldini olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati




