Ajdodlar merosi, bugun iftixori va kelajak oldidagi burch
2026-10-27 19:00:00 / Yangiliklar

Tadbirlarda nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va yoshlar ishtirok etmoqda.
Jumladan, Farg‘ona harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan uchrashuvda tarixiy merosni o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, tinchlik va farovonlikni qadrlash hamda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Guliston va Termiz harbiy prokuraturalari tomonidan harbiy qismlarda tashkil etilgan uchrashuvlarda esa Milliy armiyaning 35 yillik taraqqiyot yo‘li, xususan, so‘nggi o‘n yillikda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Faxriylar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya choralari hamda ta’lim va boshqa sohalardagi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
Qayd etish joizki, mazkur uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarda Vatanga sadoqat, tarixiy xotira va shukronalik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.








