MUDOFAA VAZIRLIGI IJTIMOIY BUYURTMA TANLOVINI EʼLON QILADI
2026-10-20 11:15:00 / Yangiliklar

azkur loyiha doirasida ijodiy va intellektual koʻrik-tanlovlar, inklyuziv sport bellashuvlari, ijtimoiy tashabbuslar va innovatsion loyihalar tanlovi, paralimpiya gʻoliblari, harbiy xizmatchilar va faxriylar bilan motivatsion uchrashuvlar, turli koʻrgazmalar hamda manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini tashkil etiladi.
IJTIMOIY BUYURTMASI DOIRASIDA OʻTKAZILADIGAN TADBIRLAR
1-yoʻnalish. “Vatan mening nigohimda” ijodiy koʻrik-tanlovi
Oʻtkazish shakli: inklyuziv ijodiy festival, koʻrgazma va koʻrik-tanlov.
Yoshlar oʻrtasida rasm chizish, badiiy ijod (sheʼriyat, qoʻshiqchilik), hunarmandchilik, raqamli ijod yoʻnalishlarida tanlovlar tashkil etiladi.
Ishlar ishtirokchilarning ehtiyojlariga mos holda yozma, audio, video, elektron va boshqa qulay shakllarda qabul qilinishi mumkin.
Ragʻbatlantirish: yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga diplom, ijodiy faoliyat uchun “Иmkoniyat” beradigan anjomlar, taʼlimiy vositalar taqdim etish.
2-yoʻnalish. “Iroda va jasorat” inklyuziv sport festivali
Oʻtkazish shakli: moslashtirilgan sport bellashuvlari, doʻstona musobaqalar va jamoaviy oʻyinlar.
Yoshlarning qiziqishi, individual imkoniyatlari va xavfsizlik talablariga muvofiq shaxmat, shashka, moslashtirilgan stol tennisi hamda boshqa xavfsiz harakatli oʻyinlar tashkil etiladi.
Sport mashgʻulotlari malakali mutaxassislar ishtirokida, ishtirokchining xohishi va ehtiyojlariga mos holda oʻtkaziladi. Musobaqalarga qatnashish uchun yagona jismoniy normativ joriy etilmaydi.
Ragʻbatlantirish: gʻoliblarga diplom, medal hamda shaxsiy ehtiyojlariga mos sport anjomlari, barcha ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari.
3-yoʻnalish. “Mening tashabbusim – yurtim kelajagi” yoshlar loyihalari tanlovi
Oʻtkazish shakli: ijtimoiy tashabbuslar koʻrgazmasi, gʻoyalar taqdimoti va amaliy mahorat darslari.
Yoshlar tomonidan taʼlim, texnologiya, axborot savodxonligi, ekologiya, inklyuziv muhit, madaniyat, volontyorlik va jamiyatga foydali boshqa yoʻnalishlarda tayyorlangan gʻoya va loyihalar qabul qilinadi.
Taqdimotlarni ogʻzaki, yozma, video yoki yordamchi texnologiyalar orqali oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.
Ragʻbatlantirish: eng istiqbolli tashabbuslarga “Eng innovatsion gʻoya”, “Eng foydali ijtimoiy tashabbus”, nominatsiyalari boʻyicha diplom va soha yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslariga yoʻllanma, planshet yoki noutbuk berilishi loyihani rivojlantirish boʻyicha maslahat va hamkor tashkilotlarga taqdim etish imkoniyati.
4-yoʻnalish. “Har bir yosh – eʼtibor va imkoniyat markazida!” nomli uchrashuv
Oʻtkazish shakli: Nogironligi boʻlgan yoshlar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakillari, Mudofaa tizimi, yoshlar tashkilotlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etish.
Nogironligi boʻlgan yoshlar, ularning ota-onalari, qonuniy vakillari, NNTlar hamda masʼul tashkilotlar ishtirokida taʼlim, ijod, sport, kasbiy yoʻnaltirish va ijtimoiy faollik imkoniyatlari boʻyicha ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Nogironligi boʻlgan yoshlar ularning ota-onalari, qonuniy vakillari, NNTlar hamda masʼul tashkilotlar ishtirokida ularning ehtiyojlari, qiziqishlari va tashabbuslarini bevosita oʻrganish, taʼlim olish, kasb egallash, sport va ijod bilan shugʻullanish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish choralarini qoʻllab-quvvatlash.
Ragʻbatlantirish: Nogironligi boʻlgan yoshlarning ehtiyojlari, qiziqishlari va takliflari oʻrganilib, vakolatli tashkilotlarga orqali, shuningdek, qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlaridan kelib chiqib, 10 nafargacha yoshlarning keyingi faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki zarur ehtiyojini bartaraf etish mumkin boʻlgan, moddiy vositalar (miqdori 3 (uch) mln. soʻmgacha) taqdim etish imkoniyatini yaratish.
Loyiha takliflariga qoʻyiladigan talablar:
Ijtimoiy buyurtma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan qaror asosida amalga oshiriladi.
batafsil https://lex.uz/ru/docs/3568990
Talabgorlar tomonidan loyihaning batafsil tavsifi, ish rejasi, tadbirlarni oʻtkazish usullari, ishtirokchilarni jalb qilish mexanizmi, ragʻbatlantirish dasturi, xarajatlar smetasi va natijadorlik koʻrsatkichlari ishlab chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida targʻibot materiallari va boshqa hujjatlarni davlat tilida (oʻzbek tili) tayyorlash lozim.
Grant miqdori: loyiha uchun belgilangan chegara–100 million soʻmgacha.
Loyihani amalga oshirish muddati: 2026 yil 2-dekabrga qadar.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 3-noyabr soat 18:00 ga qadar.
Tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:
Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan ishtirok etish xati;
Ijtimoiy buyurtmada koʻrsatilgan yoʻnalishlarni amalga oshirish mexanizmi va smetasi;
Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi qoʻmondoni nomiga yozilgan ariza;
Tashkilotning amaldagi Ustavi nusxasi (barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalari bilan);
Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Davlat soliq inspeksiyasidan soliqlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya va qoʻllab-quvvatlash xatlari (mavjud boʻlsa).
KOʻRIB CHIQISH TARTIBI:
Taqdim etilgan loyihalar Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi tegishli masʼullar tomonidan umumlashtiriladi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga (kengashning hududiy tuzilmasiga) taqdim etadi;
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi (kengashning hududiy tuzilmasi) tomonidan tasdiqlangan baholash metodikasiga asosan koʻrib chiqilib, tavsiya etilgan loyihalar boʻyicha keyingi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Vatanparvar MFY, Vatanparvarlar koʻchasi raqamsiz uy (SHGʻHO shtabi) (Hujjatlar “Qoraqalpogʻiston pochtasi” orqali yoki manzil boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muhrlangan konvertlarda, A4 formatda yuborilishi yoki taqdim etilishi lozim).
Murojaat va maʼlumot uchun raqamlar:
Abdurahimov Rustam: 97-229-88-07, 61-226-98-91;
Abdullayev Umid: 61-226-98-91, 90-311-89-47;
Alijonov Zuxriddin: 97-749-49-59.
