Chirchiqdagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
2024-10-05 11:45:00 / Yangiliklar

Ana shunday vatanparvarlik tadbirlarning navbatdagi Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida “Milliy armiyamiz chinakkam mardlik, fidoiylik va vatanparvarlik maktabi!” shiori ostida Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati boʻlimi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda dastavval harbiy qism tarixi, shonli yoʻli haqida harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan maʼlumotlar berilib oʻtildi. Shundan soʻng ishtirokchilarga saf maydonida faxriy qorovul vzvodining koʻrgazmali chiqishlari, mavjud qurol-aslahalarning koʻrgazmasi namoyish etildi.
Sayohat davomida yoshlarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, Amir Temur hamda Jaloliddin Manguberdi oʻquv sinflari, havo-desant tayyorgarlik shaharchasida nazariy hamda amaliy mashgʻulotlar, ayniqsa, parashyutdan sakrashlari yoshlarga katta taassurotlar qoldirdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

