Termizda “Hamkorlik-2026” o‘quvi boshlandi
2026-10-20 13:10:00 / Yangiliklar
Termiz poligonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida “Hamkorlik-2026” o‘quvi boshlandi.

O‘quv an’anaga ko‘ra harbiy xizmatchilarning umumiy saf tortishi bilan ochildi. Harbiy orkestrlar ijrosida ikki davlatning madhiyalari yangradi, milliy bayroqlar tantanali ko‘tarildi. Ishtirokchilar yagona safda dala lagerining saf maydoni bo‘ylab tantanali marsh bilan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur mashg‘ulot 27-oktabrga qadar davom etadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




