Dron operatorlari mahorat sinovida
2026-10-20 10:20:00 / Yangiliklar

Yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning texnik va innovatsion salohiyatini yuksaltirish hamda iqtidorli harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada Jizzax, Samarqand va Navoiy garnizonlaridan kelgan harbiy xizmatchilar kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Ishtirokchilar zamonaviy dronlarni boshqarishdagi yuksak mahorati, chaqqonligi, aniqligi hamda favqulodda vaziyatlardagi tezkorligini namoyish etdi. Zamonaviy dron texnologiyalari va innovatsion yondashuvlar asosida o‘tgan murosasiz bahslar barcha qatnashchilar uchun haqiqiy texnik bilim va mahorat sinoviga aylandi.
Okrug miqyosidagi ushbu musobaqa hududlararo tajriba almashish, harbiylar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalarni ommalashtirish hamda mamlakatimizda innovatsion sport turlarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati




