Okrug boshqaruv apparatida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-10-19 09:35:00 / Yangiliklar

Okrug qo‘mondoni rahbarligida tashkil etilgan tadbirda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar ham videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi. Yig‘ilishda vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarning ma’ruzalari tinglandi.
So‘nggi yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, alohida ishlashni talab etadigan yoshlar bilan salmoqli natijalarga erishildi.
Hisobot yig‘ilishida okrug tasarrufidagi harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlariga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash orqali ularning muammolarini o‘rganish va yechimini topish yuzasidan tahliliy ko‘rsatmalar berildi.
So‘z olganlar harbiy xizmatchilar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berdi. Profilaktik tadbirlarda hamkor tashkilotlar rolini kuchaytirish orqali jarayonlarning turfa xilligini ta’minlash va ta’sirchanlikni oshirish choralari muhokama qilindi.
Tizimda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






