Qarshi shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘tkazildi
2026-10-17 12:15:00 / Yangiliklar

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etib, yugurish va velosipedda harakatlanish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Ishtirokchilar yosh toifalari hamda xotin-qizlar o‘rtasida alohida mezonlar asosida baholandi.
Murosasiz va shiddatli kechgan bahslar yakunida umumjamoa hisobida Toshkent viloyati terma jamoasi birinchi, Buxoro viloyati terma jamoasi ikkinchi, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish hamda jismoniy chiniqish va vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.









