Termizda “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida namoyishkorona yurish oʻtkazildi
2026-10-16 17:25:00 / Yangiliklar

Yurish shahardagi “Vatanparvarlar” bogʻidan boshlanib, shahar koʻchalari boʻylab viloyat markazidagi Mustaqillik maydoniga qadar davom etdi. Ushbu tashabbus shahar aholisi va yoshlar eʼtiborini tortib, giyohvandlikka qarshi kurashish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirning ikkinchi qismida soʻzga chiqqanlar giyohvandlikning inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat kelajagiga salbiy taʼsiri haqida toʻxtalib, ayniqsa, yoshlarni ushbu illatdan asrash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom hayot tarziga rioya qilish muhimligini taʼkidladilar.
Shundan soʻng faxriy qorovulning namoyishkorona chiqishlari va Termiz garnizoni harbiy orkestrining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.









