"Eng ilg‘or tank guruhi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi aniqlandi
2026-10-16 16:00:00 / Yangiliklar

Ko‘rik-tanlov Mudofaa vazirligi miqyosida “Men — g‘olib!” shiori ostida tashkil etilayotgan armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarligi, nazariy bilimi va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Tanlov dasturidan turnikda tortilish, yugurish, otish va tankni boshqarish bo‘yicha sinovlar, aloqa vositalaridan foydalanish hamda ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish me’yorlarini bajarish kabi shartlar o‘rin oldi. Shuningdek, tankdan qo‘l granatalarini uloqtirish mashqi orqali harbiy xizmatchilarning amaliy tayyorgarligi va mahorati baholandi.
Keskin kurashlarga boy bo‘lgan tanlov yakunida barcha shartlarni yuqori saviyada bajargan Sharqiy harbiy okrug jamoasi g‘olib chiqdi. G‘oliblarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








