Mirzaobodda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi
2026-10-15 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari va mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining 4-mavsumi ishtirokchilari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Harbiy-vatanparvarlik bog‘i” loyihasi ko‘zdan kechirildi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
Darhaqiqat, mazkur uchrashuv va o‘rganishlar harbiy ta’lim sifatini yuksaltirish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning ezgu tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Eng muhimi, bunday ochiq va samimiy muloqotlar yoshlarda o‘z fikrini erkin bildirish, jamiyat hayotiga daxldorlik va yurt taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytiradi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







