“Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘inlari start oldi
2026-10-14 17:30:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida o‘quv-yig‘inning 4-mavsumi Mirzaobod tumanidagi harbiy qismda tashkil etildi. Tadbir Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, tegishli davlat tashkilotlari, faxriylar hamda kuch tuzilmalarining hamkorligida amalga oshirildi.
Ochilish marosimida ishtirokchi yoshlarga harbiy xizmat tartib-qoidalari, o‘quv-yig‘inning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir doirasida zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Chirchiq garnizonidagi harbiy qismda ham “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘inining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularda mas’uliyat va qat’iyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati








