Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari murojaatlari joyida o‘rganildi
2026-10-14 15:15:00 / Yangiliklar
Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q. Isroilov tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari rahbariyati bilan hamkorlikdagi ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Shunday qabul Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilib, dastavval ochiq muloqot o‘tkazilib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Qabulda mas’ullar ishtirokida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlar tinglanib, murojaatlarni shu joyning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, huquqiy maslahatlar berilib, ko‘rib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Jarayonda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.









