Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug 28 yoshda
2026-10-13 18:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-oktabrdagi qaroriga ko‘ra tuzilgan okrug shu yillar davomida sinovlarda toblangan, g‘urur bilan to‘la yo‘lni bosib o‘tdi. Bugun u zamon talablari asosida takomillashib, ilg‘or qurol-aslaha va harbiy texnika bilan jihozlanmoqda. Natijada okrugning jangovar qudrati va kasbiy mahorati yildan yilga yuksalib bormoqda.
Minbardan yangragan so‘zlarda qutlovlar bilan birga e’tirof ham baralla aytildi. So‘z olganlar harbiy xizmatchilarni qutlug‘ sana bilan yurakdan muborakbod etib, ularga xizmatda yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va yorqin zafarlar tiladi. Okrugning boy tarixi, yutuqlari hamda yurt mudofaasini mustahkamlashdagi munosib hissasi alohida qayd etildi.
Bayram munosabati bilan xizmat vazifalarini bajarishda yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari Mudofaa vazirligi hamda okrug qo‘mondonligi tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tantananing ikkinchi qismi san’at ila bezandi. Qarshi garnizoni harbiy orkestri va viloyatning sevimli san’atkorlari sahnada ohangrabo kuylar, ruhlantiruvchi qo‘shiqlar va samimiy she’rlar bilan chiqish qildi. Bayramona konsert tomoshabinlar qalbiga quvonch, yuzlariga tabassum olib kirdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati








