Aql, texnika va strategiya uyg‘unligi
2026-10-10 10:35:00 / Yangiliklar

Musobaqaning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muhandislik va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ijodiy yondashuv hamda jamoaviy ishlash qobiliyatini mustahkamlashdan iborat.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlari loyihalashtirgan va masofadan boshqariladigan robotlari yordamida o‘zaro kuch sinashdi. Jarayonda robotlarni boshqarish, ularning texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kutilmagan vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish hamda puxta strategiya asosida harakatlanish mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, robotlarning mexanik tuzilishi, pnevmatik va elektr tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ishtirokchilarning muhandislik yechimlarini amaliyotga tatbiq etish qobiliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur bellashuv harbiy xizmatchilarning texnik tafakkuri va innovatsion fikrlashini rivojlantirish, iqtidorli ishtirokchilarni aniqlash hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash borasidagi tajribasini oshirishga xizmat qildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





